Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


2019 yil 25 avgust kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Aks medikal farm” MCHJ qo‘shma korxonasi ish boshladi. Bu erda yiliga 100 million dona shprits, 300 ming dona ayollar tibbiyot oynasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 28 yilligi bayrami munosabati bilan Namangan viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Namangan viloyat Nuroniylar jamg‘armasi tomonidan "Stol-tennis" va "Shaxmat-shashka" bo‘yicha yoshi katta nuroniy otaxonlar o‘rtasida sport tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan nuroniy otaxonlarga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Joriy yilning 24 avgust kuni - yurish bo‘yicha marafon va "Salomatlik startlari" tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan viloyat hokimligining belgilangan tadbirlar rejasiga asosan Namangan shahrining Xalqaro aeroportidan I.Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan hududda va tumanlardagi belgilangan joylarda marafon o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi "Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4102-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”larda belgilangan topshiriqlar ijrosini Namangan viloyatida samarali tashkil etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.

Namangan shahar Obihayot mahallasida istiqomat qiluvchi Nasiba Sultonova yashash hududida asosan tungi vaqtlarda fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlab ketishi, buni oldini olish yuzasidan yo‘llagan murojaati viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda alohida nazoratga olindi. Uning yechimi bo‘yicha aynan ushbu hududda davlat inspektorlari tomonidan profilaktik tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirildi.

Shu kungacha Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Okibjon Inamov viloyat hokimining 2019 yil 20 avgustdagi 592-sonli qaroriga ko‘ra, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bu yilgi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlar munosib darajadi o‘tishini ta’minlash maqsadida shu kunlarda Respublika Markaziy saylov komissiyasining mutahassis-trenerlari tomonidan Namangan viloyati bo‘ylab saylov qonunchiligini o‘rganish va saylov kampaniyasini tashkil etish bo‘yicha 3 kunlik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etib kelishmoqda.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech