Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


2019 yil 26 oktyabr - 4 noyabr kunlari Ruminiyaning Konstansa shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar va kattalar o‘rtasida armrestling bo‘yicha 41-Jahon chempionatida ishtirok etgan Namangan viloyati vakillari uchta oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Namangan viloyati Pop tumanida koreyalik investorlarga avvaldan yer maydoni ajratilib, so‘ngra uni boshqa tadbirkorga berib yuborilgani haqidagi asossiz materiallar yuzasidan Namangan viloyati hokimligi quyidagilarni bayon qiladi:

Namangan viloyati hokimligida 2 noyabr kuni Pokistonning Lahor shahrida joylashgan O‘zbekiston — Pokiston savdo va madaniyat markazi raisi Ruhayl Ikrom boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.

Namangan viloyatidagi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida Xitoy investitsiyalari ishtirokida barpo etiladigan yirik sement zavodida M-600 markali yuqori sifatli sement ishlab chiqariladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 2 noyabr xitoylik investorlar guruhi bilan o‘tkazgan uchrashuvida ushbu loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2019 yil 9 oktyabrdagi buyrug‘i bilan To‘rayev Abduraxmat Maxamatyo‘ldoshevich Namangan viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nozimjon Do‘stmatov Mingbuloq tumani Oybek mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. Kuni kecha xonadoniga Byuroning tuman bo‘limi boshlig‘i, xududga biriktirilgan davlat inspektori hamda “Iftixor Zahro” fermer xo‘jaligi rahbarining tashrif ularni behad xursand qildi. Boisi, ushbu oila mahallada kamxarj oila hisoblanib, foydalanilgan elektr energiyasidan salkam 5,5 mln so‘m qarzdorligi bor edi. Bundan tashqari talabnoma shartlarini bajarmagan uchun tarmoqdan ajratilgan va qayta ulov uchun 446 ming so‘m to‘lashi lozim edi. Aynan Byuro tashabbusi bilan saxovatpesha insonlar yordamida mana shunday oilalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklardan ushbu xonadon ham bebahra qolmadi. Oilaning qayta ulov hamda elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorlik to‘liq to‘lab berildi.

Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi 4366-sonli “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini shahar va tuman hokimliklarida bajarilishi yuzasidan o‘rganish To‘raqo‘rg‘on tumanidan boshlandi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech