Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyati hokimligida “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Rossiya Federatsiyasi Federal G‘aznachiligi rahbarining o‘rinbosari A.Mixaylik boshchiligidagi delegatsiya, Rossiya Federatsiyasi Federal G‘aznachiligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘rtasida 2017 yilda imzolangan Texnik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumga binoan O‘zbekiston Respublikasiga ishchi tashrif bilan keldi.

27 sentyabr kuni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Tailandning Pattaya shahrida bo‘lib o‘tgan kattalar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan Adhamjon Ergashevni qabul qildi.

2019 yil 12-25 sentyabr kunlari Qozog‘istonning Baykonur shahrida o‘tkazilgan sportning texnik va amaliy turlariga kiruvchi “Raketamodel” turi bo‘yicha “Baykonur-2019” Jahon Kubogi xalqaro musobaqasida ishtirok etgan O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining “Namangan yulduzlari” jamoasi 6 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan taqdirlanib, yoshlar o‘rtasida umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni hamda Jahon Kubogini qo‘lga kiritishdi.

Bugungi eng dolzarb vazifalardan biri aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashdan iborat. Tan olish kerakki, aksariyat hududlarda hali-hamon bu masala muammo. Viloyat 4-sektor rahbariyati tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha qurilish va rekonstruksiya ishlari manzilli tashkil etilib, ijobiy yechim izlanmoqda. Xususan, Uychi tumani “Oqtosh” MFY dagi fuqarolarning bir necha  yillik muammolariga barham berildi.

2019 yil 21 sentyabr kuni Namangan shahar hokimligida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlarining qo‘shma sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Namangan shahar hokimligi, tadbirkor-ishbilarmon doiralar va Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillaridan iborat delegatsiyaning Pokistonga amaliy tashrifi doirasida Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Pokiston milliy yengil sanoat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech