Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, 9 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Namanganga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasining “Al-Ahsar Enterprises” transmilliy kompaniyasi rahbari Shayx Nasir Adil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Mamlakatimiz ta’lim ravnaqi yo‘lidagi odimlarda xalqaro hamkorlik, rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

7 noyabr kuni viloyat hokimligida Germaniyaning taniqli “Hugo Boss” kompaniyasi vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda Namanganda ushbu marka ostidagi kostyumlar tikishga boshlanishi xabar qilingandi.

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, 7 noyabr kuni Germaniyaning taniqli “Hugo Boss” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

Pokistonning Karachi, Lahor, Peshovar va Multon shaharlarida Namangan savdo uylari ochiladi. Pokistonning “Najeb Consultants Pvt” kompaniyasi bilan hamkorlikda ochiladigan bu savdo ofislarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan tekstil va boshqa yengil sanoat mahsulotlari hamda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladi. Namangan viloyati hokimligi hamda “Najeb Consultants Pvt” kompaniyasi o‘rtasida bu haqda kelishuv imzolandi.

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyatda amalga oshirilayotgan yirik loyihalarda faol ishtirok etish istagida bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklarining investitsion kompaniyalari vakillarini qabul qildi.

Namangan shahrida “Namangan viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Strategiyasi” muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech