Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


2019 yil 13-14 sentyabr kunlari Namangan viloyatida yana bir yirik anjuman – “XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikani rivojlantirishda investitsiya va innovatsiyalarning roli” mavzuidagi Xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi o‘tkaziladi.

Yangiqo‘rg‘onlik Mahliyo Yo‘ldosheva, 2-4 sentyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chxunju shahrida bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XII jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi.

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Jahon banki ishtirokida "O`zbekistonning obod qishloqlari" loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirish guruhi va Jahon banki mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan "Social-ekologik muhofazasini boshqarish" va "Ko`chrish siyosatini boshqarish" bo`yicha hujjatlarning 2019 yil 27-29 avgust kunlari Guliston, Namangan va Toshkent shaharlarida o`tkazilgan jamoatchilik muhokamalarida bildirilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib to`ldirilgan (ingliz tilidagi) varianti taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  PF-5655-son farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining  “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi va mazkur Farmon ijrosi yuzasidan viloyat hokimining taalluqli qarori qabul qilindi.

Haqiqatan ham yurtboshimizning siyosiy irodalari natijasida ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor har qancha e’tirofga loyiq. Yoshlarimizning ta’lim olishga ishtiyoqi, kasbga bo‘lgan munosabati bugun tamoman boshqacha. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”gi Qarori respublikamizdagi mavjud yuridik kollejlar faoliyatidagi tarixiy hujjat bo‘ldi. 

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, bugun Chortoq tumanidagi o‘zi ta’lim olgan 9-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, “Bilimlar kuni” shodiyonasida ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, 4 sentyabr kuni Namangan shahrida yangi qurib foydalanishga topshirilgan 84-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, tantanali ochilish marosimida va “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech