Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


“Ko’chmas mulk savdo xizmati” MCHJning Namangan viloyat filiali barcha tadbirkorlik sub’yektlarini, shu jumladan, kichik biznes vakillari hamda xususiy tadbirkorlarni ochiq tanlov savdolariga taklif etamiz.

Namangan shahridagi “Namangan kitob olami” majmuasida Namangan muhandislik-pedagogika instituti qoshidagi Do’stlik akademik litseyining 3-bosqich o’quvchisi Shahribonu Yozievaning “Asrlarga teng yillar” nomli ilmiy-ommabop kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.

2016 yilning 1 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo’yicha Respublika matbuot markazida joylarda uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun hududiy seminar-treninglarni uyushqoqlik bilan tashkil etish masalalariga bag’ishlangan ekspertlar guruhlarining yig’ilishi videokonferentsaloqa shaklida o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 30 sentabrdagi farmoyishiga asosan Respublikamizda birinchi marotaba “Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi”  tashkil etilishi belgilangan edi.

O’zbekistonlik og’ir atletikachi Malayziyada o’tkazilgan yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatida uch medalni qo’lga kiritdi.

Namangan viloyati o‘lkashunoslik muzeyida yosh hunarmand-kulol Marjona Abdullajonovaning ilk shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. U "Islom bobomni xotirlab" deb nomlangan.

Jahonga mashhur futbolchilar kabi, MTJ sardori Odil Ahmedov ham sekin asta o’z futbol maktablarini ochish dasturini ishlab chiqayapti. Uning birinchi maktabi To’raqo’rg’onda ochiladi. Shu munosabat bilan 15-16 oktyabr kunlari «Odil Junior» (To’raqo’rg’on) tashabbusi bilan «Championat.asia» sayti bilan hamkorlikda 2006 yilda tavallud topgan futbolchilari o’rtasida, vodiy jamoalaridan tashkil topgan «Kelajak Yulduzlari» musobaqasi bo’lib o’tdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech