Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Loyiha 2010 yildan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlarida mahalliy boshqaruv organlarining huquqiy, texnik va kadrlar salohiyatini takomillashtirish maqsadida amalga oshirib kelinadi.

Joriy yilning 27 yanvar Namangan viloyat hokimligining kichik majlislar zalida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi “Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab quvvatlash dasturi, 2-bosqich” loyihasining 2016 yillarda amalga oshirilgan ishlari va 2017 qilda amalga oshirilishi rejalashtirayotgan ishlari yuzasidan Namangan viloyati faollari bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Yig’ilishni viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Ortiqov Akmalxon Jo’rahonovich ochib berdi va mamalakatimizda amalga oshirilayotgan mahalliy boshqaruv tizimidagi o’zgarishlar, qabul qilinayotgan yangi qarorlar bilan yig’ilish ishtirokchilarini tanishtirib o’tdi. Shundan so’ng so’z navbatini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi “Mahalliy boshqaruv tizimini qo’llab quvvatlash dasturi, 2 - bosqich” loyihasi rahbari Dilshod Shavkatovich Isroilovga berdi.

D.Isroilov loyiha tomonidan 2016 yilda qilingan ishlarni atroflicha yoritib berdi. Jumladan, “Hududlarning moddiy tehnika bazasini mustahkamlash” yo’nalishida Viloyat yagona darcha markazlari faoliyatini uzluksiz ta’minlash maqsadida, Mingbuloq tumani Yagona darcha markaziga fotoeletrik stantsiya harid qilindi va o’rnatib berildi, 6 ta tuman yagona darcha markazlariga benzin asosida ishlaydigan generatorlar harid qilindi, 4 ta Yagona darcha markazlariga eng so’ngi rusumdagi kompyuter tehnikasi olib berildi, Namangan viloyati hokimligi va Namangan shahar hokimliklariga infokiosklar o’rnatildi.

Shuningdek, D.Isroilov 2017 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan to’htalib o’tdi. Jumladan, Namangan shahrining 2018-2020 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli byudjeti loyihasini ishlab chiqishda ko’maklashish, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, viloyat hokimliklari, ma’sul hodimlari ishtirokida rivojlangan davlatlarning “Davlat hizmati to’grisida” gi qonuni, “Mahalliy davlat to’grisida” gi qonuni, hududiy rivojlanish strategiyasi, hududning o‘rta muddatli byudjeti va boshqa masalalar bo‘yicha tajribalarini o‘rganish maqsadida o‘quv safarlar tashkil qilish kabi masalalarga batafsil to’xtalib o’tdi.

Uchrashuv ishtirokchilaridan Uchqo’rgo’n tumani Yagona darcha markazi M.Tadjibaeva so’zga chiqib, taqdim etilgan generatorlar uchun tashakkur bildirdilar va o’z taklif mulohazalarini berdilar.

Tadbirda so’zga chiqgan Namangan viloyat hokimining birinchi o’rinbosari A.Ortiqov loyihaning ushbu yilda erishgan natijalarini alohida e’tirof etdi. BMTTD loyihasi rahbari D. Isroilov joriy yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etishda mahalliy davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini mustahkamlash bo’yicha olib borilgan tahliliy ishlarga batafsil to’xtalib o’tdi.

“Byudjetni boshqarish vakolatlarini markazdan mahalliy hududlarga berish va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini mustahkamlash, viloyatimizning daromadlari va harajatlarini samarali boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish bilan bir qatorda, viloyatni har tomonlama taraqqiy ettirish bo’yicha mustaqil qarorlar qabul qilish imkonini beradi” deya ta’kidladi Namangan viloyat hokimining birinchi o’rinbosari A.Ortiqov.

Tadbir yakunida ishtirokchilar ko’tarilgan masalalar bo’yicha o’zaro fikr almashishdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech