Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Internet tarmoqlarida tarqalayotgan, Mingbuloq tumani markazi - Jomashuy shaharchasida amalga oshirilayotgan shaharsozlik ishlari jarayonida uy-joylarni buzishda fuqarolar manfaati ta’minlanmayotgani, aholi ko‘chada qolgani  iddao etilgan videomateriallarda keltirilgan holatlarni o‘rganish bo‘yicha Namangan viloyat hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzildi.

 

Viloyat hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, qurilish bosh boshqarmasi, moliya boshqarmasi, markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh Mingbuloq tumanida holatni joyida o‘rganadi.

Ishchi guruh tomonidan o‘rganish natijalari yuzasidan viloyat hokimligi rasmiy munosabati e’lon qilinadi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech