Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


10 oktyabr kuni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov  viloyatga ishlab chiqarish korxonalari qurish uchun investitsiya kiritishni rejalashtirayotgan xitoylik ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.

 

Uchrashuvda Namangan viloyatiga investitsiya kiritayotgan Xitoy kompaniyalari soni yil sayin o‘sib borayotgani qayd etildi.

Mehmonlarga xorijiy investorlar uchun viloyatda mavjud imkoniyatlar hamda yaratilgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

“DETAY ELEKTRON” kompaniyasi vakillari Namangan viloyati hududida quyosh panellari, quyosh energiyasi bilan ishlaydigan suv isitish tizimlari hamda ko‘cha yoritish chiroqlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istagida ekanliklarini bildirishdi. Chust tumani hududida joylashgan “Namangan” EIZda investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar kompaniya rahbariyatida katta qiziqish uyg‘otdi. Bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan «nol» xarid qiymatida sotib olish imkoniyati ham xitoylik investorlar e’tiborini tortdi.

Uchrashuvda amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyiha yuzasidan muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.

Xitoy delegatsiyasi bilan bo‘lgan muloqotda viloyat hokimi o‘rinbosari Okibjon Inamov ham ishtirok etdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech