Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan shahridagi “Oydin Plaza” mexmonxonasida viloyat turizm boshqarmasi hamda viloyatdagi mavjud mehmonxonalar rahbarlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4095-sonli qarori ijrosi, bu jarayonda mehmonxonalarga yaratilayotgan imtiyozlar hamda tizimda uchrayotgan muammolar keng muhokama qilindi, takliflar va mulohazalar eshitildi.

 

Shuningdek, turizmni rivojlantirishda turistlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyuradigan sayyohlarga namunali xizmat ko‘rsatish, dunyo sayyohlari e’tiborini viloyatimizning go‘zal va xushmanzara tabiati, tarixiy obidalari, ko‘hna imoratlari, ziyoratgohlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, har bir mexmonxonada “Turizm axborot markazi” tashkil etish, 2019 yil noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ipak yo‘lida turizm” Xalqaro festivaliga tayyorgarlik ko‘rish, turizmni rivojlantirish davlat Qo‘mitasi tomonidan “QR kod”texnologiyasi asosida mahalliy va xorijiy sayyohlarni ob’ektlar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan maxsus veb-saytiga (Uzbekistan.travel/s/online-survey) maxsus “QR kodlar”ni joylashtirish mavzulari ham kun tartibidan o‘rin oldi.

 

Xorijiy mexmonlarni qabul qilish, xavfsizligini ta’minlash hamda ularni E-mehmon dasturi orqali vaqtincha ro‘yxatga olish tartibi masalalari yuzasidan ham yig‘ilganlarga batafsil tushunchalar berib o‘tildi.

 

Turizm sohasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir qator mexmonxona rahbarlari Viloyat turizm boshqarmasining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

 

Viloyat turizm boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech