Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


2019 yil 24-29-sentyabr kunlari Rossiyaning Anapa shahrida kikboksing bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida “World Cup Diamond” Jahon kubogi” deb nomlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

 

 

Bu nufuzli musobaqada viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli bolalar-o‘smirlar sport maktablarining tarbiyalanuvchilari ishtirok etib, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Turnirda 16-18 yosh toifasida 63 kg vaznda ishtirok etgan namanganlik Qobiljon Rahimov hamda 15-16 yosh toifasida 48 kg vaznda bellashgan chortoqlik Husniddin SHahobiddinov barcha raqiblarini yengib, oltin medallar sohibi bo‘lishdi.

 

Namangan tumani vakillari Normuhammad Rahmonberdiyev (15-16 yosh toifasida, 57 kg vaznda) va Mubosher Muhammadov (10-12 yosh toifasida, 28 kg vaznda) mos ravishda kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Uychilik Nodirbek Xudoyberdiyev ham kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarni (19-35 yosh toifasida, 69 kg vaznda) uchinchi o‘rin va bronza medali bilan yakunladi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech