Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Kosonsoy tumani, “Gulobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro A. Nuriddinov 2018 yilning 11 dekabr kuni Isparon massivida joylashgan dala shiyponida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Unga nisbatan, ma’muriy jazo qo‘llanib, sud tomonidan jarima jazosi qo‘llanilgan. Biroq, fuqaro ushbu harakatidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan ko‘rinadi. Bo‘lmasa, yana u aynan ushbu dala shiyponida elektr energiyasidan o‘g‘rincha foydalanarmidi?

 

Joriy yilning 18 may kuni Byuroning tuman bo‘limi tomonidan fuqaroga qarashli dala shiyponida elektr energiyasidan foydalanishi ko‘rilganda noqonuniy holat fosh etildi. Gap shundaki, u “hech kim bilmaydi” yoki “hech kim ko‘rmaydi” qabilida ish tutib, elektr energiyasidan hisoblagichdan tashqari ulanib olgan. Olib borilgan surishtiruvlar natijasida u ushbu harakati orqali ta’minotchi korxona manfaatlariga 3.023.250 so‘m miqdorida zarar etkazgan. Achinarlisi, amaldagi normativ-hujjatlarga ko‘ra, u elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini takroran qo‘pol ravishda buzigani ma’lum bo‘ldi.

Bu ishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan fuqaro Akbarxon Nuriddinov ta’minotchi korxonaga etkazilgan zararni to‘liq qoplagani inobatga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JPK ning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan ayblilik masalasini hal qilmay turib jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi.

 

Endi iste’molchi bundan to‘g‘ri xulosa chiqarar?

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech