Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Joriy yilning sentyabr oyida Namangan viloyati mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari xodimlarining avgust oyi 2-yarmi ish haqi miqdori 131,3 mlrd.so‘mni va yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari  45,3 mlrd.sumni tashkil etdi.

2019 yil 10 sentyabr holatiga jami moliyalashtirish manbasi 178,8 mlrd.so‘mni, shundan 4 sentyabr mahalliy byudjet hisob raqamidagi qoldiq 54,5 mlrd.so‘mni, 4-9 sentyabr kunlari haqiqatda tushum 39,8 mlrd.so‘mni, respublika byudjetidan 6-9 sentyabr kunlari ajratilgan ta’lim sohasiga maqsadli ijtimoiy transfert 22,9 mlrd.so‘mni, maktabgacha ta’lim sohasiga maqsadli ijtimoiy transfert 14,4 mlrd.so‘mni, sog‘liqni saqlash sohasiga maqsadli ijtimoiy transfert 32,0 mlrd.so‘mni hamda o‘zaro hisob-kitob 15,0 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari xodimlarining avgust oyi 2-yarmi ish haqi miqdori hamda yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari 2019 yil 10 sentyabr kuni yakuni bilan to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlanganligini ma’lum qilamiz.

 

Viloyat G‘aznachilik boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech