Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Viloyat davlat soliq boshqarmasida «O‘ZDAVKARANTIN» inspeksiyasi va «O‘ZSTANDART» agentligi bilan hamkorlikda viloyatimizdagi tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlar uchun seminar tashkil etildi.

 

Uchrashuvda 50 nafarga yaqin tadbirkor, eksportyor korxonalar vakillari ishtirok etib, faoliyatlarida duch kelayotgan muammolar yuzasidan mutaxassislarga murojaat qildilar. Har bir masala mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida muhokama etilib, yechim izlandi.

Shuningdek tadbirda, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan respublika eksport salohiyatini yanada oshirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish borasida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib eksport qiluvchilarga berilgan imtiyoz va preferensiyalar, so‘nggi yangiliklar, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chet el bozorlariga chiqarishdagi karantin cheklovlarini bartaraf etish borasidagi qo‘shimchalar haqida fikr-muloxaza almashildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, hududiy eksport dasturiga asosan joriy yil o‘tgan davri yakuni bilan mahalliy tasarrufdagi 187 ta korxonalar tomonidan 97,1 mln dollarlik eksport amallari bajarilib, prognozga nisbatan 103,6 foizni tashkil etdi. O‘tgan davr mobaynida 105 ta korxona va fermer xo‘jaliklari eksport faoliyatiga ilk marotaba jalb etilib, ular tomonidan 65,5 mln. dollarlik ya’ni, 14 ta korxonalar tomonidan 525 ming. dollarlik sanoat mahsulotlari va 91 ta korxonalar tomonidan 65 mln.doll. meva-sabzavot mahsulotlari eksportga chiqarildi. Bu borada tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

– Bugungi uchrashuv shunchaki rasmiyatchilikka emas, balki mavzuga oid muammolarga yechim topish lozimligi uchun tashkil etildi – dedi Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi mutaxassisi M.Qutpiddinov. – Seminarda qayd etilgan har bir masala jiddiy yondoshish kerak. G‘ayrat bilan ishlayotgan tadbirkorning ishtiyoqini so‘ndirmay, qo‘llab-quvvatlash lozim. Bundan keyin bu kabi treninglarni tez-tez o‘tkazib turamiz. Chunki, ko‘p masalalar yuzma-yuz suhbatda ochiqchasiga aytiladi va oydinlashadi.

 Shuningdek tadbirda xorijiy davlatlarning fitosanitar talablaridan kelib chiqib, eksportyorlarda tegishli infratuzilmalar shakllantirish, sertifikatlashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish, xalqaro namunadagi tegishli sertifikat olish borasida fikrlar, maslahatlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

 

Viloyat DSB matbuot xizmati

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech