Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-sonli qarori qabul qilinib, unga muvofiq joriy yil 1 avgustdan boshlab quyidagi imtiyozlar belgilandi:

 

  1. a) qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qiluvchilarning mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;
  2. b) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

milliy valyutada, qiymati 10 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, Markaziy bankni qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha — 5 foizli punkt miqdorida;

xorijiy valyutada, qiymati ekvivalentda 10 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdorda jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha — tijorat banklari tomonidan 40 foizi, ammo 4 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladi;

kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi;

Mazkur qaror yuzasidan o‘z takliflaringizni bildirish hamda qo‘shimcha ma’lumot olish  uchun viloyat Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasining qishloq xo‘jaligi bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Murojaat uchun telefon: +99869-227-17-20, +99897-253-53-58.

E-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

 

Iqtisodiyot va sanoat
bosh boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech