Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 28 fevral - 1 mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi doirasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib amalga tadbiq etilayotgan “Obod markaz” dasturi doirasida Namangan viloyati tumanlari markazlaridan yana biri - Popda belgilangan ishlar yakunlanib, tuman markazidagi 33 ta ijtimoiy ob’ekt bugun foydalanishga topshirildi.

“Obod markaz” ob’ektlarining ochilish tantanalarida Prezident Davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonov hamda sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalliy va Respublika OAV xodimlari, mahalliy aholi ishtirok etdilar.


 

Ishlab chiqilgan batafsil reja loyihasiga asosan qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun jami 79,8 milliard so‘m, xususan “Obod markaz” dasturi mablag‘lari hisobidan 24 mlrd. 162,9 mln. so‘m, korxona, tashkilot hamda tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 32 mlrd 726 mln. so‘m, bank kredit mablag‘lari hisobidan 15 mlrd. 900 mln. so‘m hamda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 7 mlrd. 56 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.

Tuman markazida yangi “Xotira xiyoboni” qad rostladi, ziyorat turizmi ob’ektlaridan hisoblangan Hazrati bob Farg‘oniy ziyoratgohi mukammal rekonstruksiya qilindi. Barcha tumanlardan bo‘layotgani kabi, Davlat xizmatlari markazining yangi binosi qurib, foydalanishga topshirildi. Ochiq osmon ostida bolalar dam olish maskani va “Eko park” tuman aholisi hamda yoshlari uchun o‘z bag‘rini ochdi.

 

Tuman markazidagi 6 km avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilindi, 3,5 km piyodalar yo‘lagi qurildi, 7,8 km toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

 Pop markaziy ko‘chalari o‘rnatilgan 1 mlrd. 264 mln. so‘mlik zamonaviy tejamkor yoritish chiroqlari bilan charog‘onlikka burkandi.

 

Tuman markazidagi 23 ta ko‘p qavatli uylarda mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Pop shahrida 9 ta yangi savdo va maishiy xizmat shaxobchalari qurildi hamda mavjud 85 tasi to‘la ta’mirlandi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech