Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Ma’lumki, Prezidentimizning joriy yil 18 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallardan foydalanish huquqi berilib,

mahalliy zargarlik tarmog‘ini tiklash, mahalliy zargarlik mahsulotlari hajmini ko‘paytirishga zamin yaratildi. Ushbu farmon asosida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga bir qator huquq va imtiyozlar berildi. Bundan tashqari, hujjatda mahalliy zargarlik tarmog‘ini rivojlantirishga doir bir qator chora-tadbirlar ham nazarda tutilgan: zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlari, zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish, «UzbekJewelleryFair» yillik xalqaro ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish va h.k.


Shunday ekan, aziz tadbirkorlar! Siz zargarlik sanoatini yanada rivojlanishiga o‘z hissangizni qo‘shing! Farmondagi imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanib, o‘z biznesingizni taraqqiy ettiring! Bunda sizga Namangan viloyat Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi mutaxassislari loyihalaringiz va takliflaringiz asosida yaqindan yordam berishini ma’lum qiladi.

Murojaat uchun telefon: +99869-227-23-48, +99891-348-00-06.
Telegram kanalimiz: t.me/namiqtisod
E-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
Manzil: Namangan shahar, Istiqlol ko‘chasi 59

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech