Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sport maktablar tarbiyalanuvchilari tomonidan avgust oyining o‘zida 10 ta jahon chempioni, 6 ta jahon chempionatining kumush hamda 5 ta jahon chempionatining bronza jami jahon chempionatlar o‘zida 21 ta medal qo‘lga kiritildi. Bu Namangan viloyati tarixidagi ilk yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.



2019 yil 8-10 avgust kunlari Olmaliq shahrida "Milliy belbog‘li kurash"  bo‘yicha birinchi bor o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatida Namangan viloyati polvonlari juda zo‘r ishtirok etdilar. 16 nafar polvonlarimizdan 14 nafari  O‘zbekistonimizni mardonavor himoya qilib Davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib madhiyamizni yangratdi. Ular quyidagi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi: 6 nafari oltin, 4 nafari kumush, 4 nafari bronza medallariga ega bo‘lishdi. oltin medallarni 45 kg. Umarjonov Abosbek (Pop tumani), 55 kg. Nizomidinov Jaxongir (To‘raqo‘rg‘on tumani), 60 kg. Zokirov SHohrux (Pop tumani), 48 kg. Ibragimova Moxigul (Uychi tumani), 52 kg Obidjonova Gulsanam (Norin tumani), 70 kg. dan yuqori vazinda Yuldasheva Shirinoy (To‘raqo‘rg‘on tumani). KUMUSH medallarni 50 kg. Nosirov Abdulaxat (Uychi tumani), 55 kg. YUsubjonov Xurambek (YAngiqo‘rg‘on tumani), 65 kg. Nishonboev Fazliddin (Pop tumani), 44 kg. Sadirova Ozoda (Uchqo‘rg‘on tumani). BRONZA medallarini 63 kg. Xusanova Qizlarxon (Pop tumani), 70 kg. Mirzamaxmudova Durdona (Uychi tumani), 70 kg. dan yuqori vaznda Nosirova Zeboxon (Uychi tumani), 95 kg. dan yuqori vaznda Sobirov Muxammadqodir (Uchqo‘rg‘on tumani). Bu sportchilarimizga  va ularni tayyorlagan trenerlarga  



 

 

Katta Rahmatlar aytamiz.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech