Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Joriy yilning 24 avgust kuni - yurish bo‘yicha marafon va "Salomatlik startlari" tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan viloyat hokimligining belgilangan tadbirlar rejasiga asosan Namangan shahrining Xalqaro aeroportidan I.Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan hududda va tumanlardagi belgilangan joylarda marafon o‘tkazildi.


Tadbirga tuman (shahar)ning aholisi, korxona va idoralarning xodimlari, shuningdek, mazkur hududlarda yashovchi mashhur insonlar, fan, madaniyat, san’at arboblari, sport vakillari, hokimlik vakillari, xalq orasida obro‘ e’tiborga ega onaxon va otaxonlarni jalb etildi.



Tadbir davomida ishtirokchilar uchun san’atkorlar tomonidan musiqiy chiqishlar tashkil etildi. Namangan Xalqaro aeroportidan I.Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan hududda ommaviy yurish tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.



Tadbir yakunida faol ishtirokchilarni tuman (shahar) hokimliklarining ishtirok uchun faxriy yorliqlari va "Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi", "Eng yosh ishtirokchi", "Eng faol YOshlar ittifoqi a’zosi", "Eng faol ayol ishtirokchi" va "Eng faol erkak ishtirokchi" nominatsiyalari bo‘yicha esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Tadbir ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi.



Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech