Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi "Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4102-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan “Yo‘l xarita”larda belgilangan topshiriqlar ijrosini Namangan viloyatida samarali tashkil etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.



Xususan mazkur qarorga asosan tuman (shahar) hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar) Xalq qabulxonalari rahbarlari tomonidan tasdiqlagan Namangan viloyati tuman (shahar)larni kompleks rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha 2019 yil uchun manzilli tadbirlar “Yo‘l xarita”larida belgilangan chora-tadbirlarga asosan joriy davrga kelib ijtimoiy soha ob’ektlarini joriy va mukammal ta’mirlash, jihozlar sotib olish hamda ob’ektlardagi isitish qozonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun 17,9 mlrd.so‘m, nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ro‘yxatiga kiritilgan oilalarni zarur dori vositalari va nogironlik aravachalari bilan ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun 1,6 mlrd.so‘m, hududlardagi yo‘llarni ta’mirlash, asfaltlash va shag‘allash bilan bog‘liq xarajatlar uchun 1,8 mlrd.so‘m hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatish va aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha boshqa xarajatlar uchun 759,4 mln.so‘m jami 22,1 mlrd.so‘m miqdoridagi mablag‘lar ajratildi.



Shu bilan birga mazkur qaror ijrosini viloyatda yanada samarali tashkil etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Namangan viloyat Moliya bosh boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech