Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan shahar Obihayot mahallasida istiqomat qiluvchi Nasiba Sultonova yashash hududida asosan tungi vaqtlarda fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlab ketishi, buni oldini olish yuzasidan yo‘llagan murojaati viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda alohida nazoratga olindi. Uning yechimi bo‘yicha aynan ushbu hududda davlat inspektorlari tomonidan profilaktik tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirildi.

 


Darhaqiqat, fuqarolarning murojaatlarini tinglash va hal qilish maqsadida viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rahbariyati tomonidan shahar va tumanlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Namangan shahar agrotadbirkorlik kollejida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari atroflicha tinglanib, uni hal etish chora-tadbirlari ko‘rildi.


Ochiq, oshkora ruhda o‘tgan sayyor qabul davomida fuqarolarning atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga olib chiqishni oldini olish, daraxtlarni asrash kabi murojaatlari eshitildi.

 

 


-Bizning “Ne’matjon mehr shifoxonasi” jamiyati Boburshoh ko‘chasida joylashgan, deydi B.Aliev. SHifoxonamiz to‘g‘risida maxsus chiqindi tashlash konteyneri joylashtirilgan. Lekin ayrim fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni konteynerga emas, shundoqqina yo‘l bo‘ylariga tashlab ketishlari oqibatida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatmoqda. SHuni bartaraf etish yuzasidan bugun sayyor qabulga keldim. Fuqaroning bu murojjatiga ham joyida echim topilib, tegishli choralar ko‘rildi.


Asosiysi, bo‘lib o‘tgan sayyor qabul davomida 28 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, har biri  alohida nazoratga olindi. Bartaraf etish bo‘yicha qisqa muddatlari belgilanib, chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Boshqarma tomonidan sayyor qabullar davom etmoqda.


                            Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech