Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Bu yilgi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlar munosib darajadi o‘tishini ta’minlash maqsadida shu kunlarda Respublika Markaziy saylov komissiyasining mutahassis-trenerlari tomonidan Namangan viloyati bo‘ylab saylov qonunchiligini o‘rganish va saylov kampaniyasini tashkil etish bo‘yicha 3 kunlik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etib kelishmoqda.

 

Kuni kecha To‘raqo‘rg‘on tumaniga biriktirilgan komissiya mutahassislari va To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i U.Djabbarov tomonidan tumandagi 89 ta saylov uchastkasi raisligiga nomzodlar uchun mo‘ljallangan o‘quv seminarlari yakunlanib, joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan xalq deputatlarining viloyat, tuman va shahar kengashlarining saylov tadbirlariga barcha xozirliklarni tayyorlash choralari ko‘rildi.

Seminar yakunida Respublika markaziy saylov komissiyasi mutahassis-trenerlariga tuman hokimligi va To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limining tashakkurnomalari topshirildi hamda ular uchun tumanning madaniy markazlari bo‘ylab ekskursiya tadbiri tashkil etildi.

 

Namangan viloyat adliya boshqarmasi,

To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech