Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


2019 yilning 22 oktyabr kuni Namangan viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyatini rivojlantirishga oid masalalar muhokamasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axboroti tinglandi.

Namangan shahridagi 30-maktabgacha ta’lim muassasasida 21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlab madaniy tadbir o‘tkazildi.

Namangan shahridagi “Adiblar xiyoboni”da o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Namangan viloyati hokimining 2019 yil 14 oktyabrdagi 765-qarori bilan Namangan shahar statistikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Abdug‘aniyev Ilhom Burxanitdinovich viloyat iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasining boshlig‘i o‘rinbosari - Kichik biznes va tadbirkorlikni, muhandislik infratuzilmalarini hamda kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

“Ozodlik” radiosining rasmiy saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va kanallarida 2019 yil 18 oktyabr kuni e’lon qilingan “Hokim Namangandagi 700 ta maktab isitilmasligini tan oldi” sarlavhali material yuzasidan Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

18 oktyabr kuni Namangan viloyati hokimligi hamda Saudiya Arabistonining “Alqusaier company” kompaniyasi o‘rtasida Namangan shahrida Namangan City Ishbilarmonlik markazi qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Namangan muhandislik-qurilish institutida 2019 yil 16-17 oktyabr kunlari talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostidagi “Talabalar festivali” doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuv-muloqotlar, sport musobaqalari, kitobxonlik aksiyalari, konsert dasturlari o‘tkazildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech