Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi farmoyishi loyihasi

 

“Elektron hukumat” tizimi doirasida joriy etilgan “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidan samarali foydalanishni ta’minlash to’g’risida

 

 Viloyatda tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish, davlat organlarining litsenziyalash va ruxsat berish faoliyatini optimallashtirish, ushbu yo’nalishdagi xizmat ko’rsatish muddatlari va xarajatlarini qisqartirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qaroriga muvofiq “Elektron hukumat” tizimi doirasida joriy etilgan “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidan samarali foydalanish hamda bu borada hokimliklarning mas’ul xodimlari  bilim darajasi bilan birgalikda shaxsiy ma’suliyatini oshirish maqsadida:

1. Viloyat hokimligi tomonidan berilgan, to’xtatib qo’yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksiga kiritish bo’yicha mas’ullar ro’yxati 1-ilovaga muvofiq;

shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan berilgan, to’xtatib qo’yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksiga kiritish bo’yicha mas’ullar ro’yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi (Yu.Ishanov) viloyat hokimligi hamda shahar va tuman hokimliklaridan ruxsatnoma va litsenziyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksiga kiritish bo’yicha mas’ul etib tayinlangan xodimlarni tizimdan foydalanish bo’yicha malakasini oshirish yuzasidan aniq choralarni belgilasin.

3. Viloyat hokimligi kotibiyat mudirlari, shahar va tuman hokimlarining o’rinbosarlari ruxsatnoma va litsenziyalar reestrini shakllantirish va yuritishga mas’ul hisoblangan tegishli komissiyalar, ishchi organlar faoliyatini samarali tashkil etsinlar hamda ushbu komissiyalar faoliyatini viloyat hokimligining apparat yig’ilishlarida muhokama qilish yuzasidan takliflar kiritib borsinlar.

4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi (Yu.Ishanov) viloyatdagi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ruxsatnoma va litsenziyalar olish to’g’risida elektron shaklda ariza berish imkoniyatlarini keng yoritish hamda ushbu yo’nalishda seminar va treninglar tashkil etish yuzasidan aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.

5. Viloyat hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi rahbari (B.Axunbabaev) viloyat, shahar va tuman hokimliklarida “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidan samarali foydalanish va unga ma’lumotlarni kiritish va yangilab borish yuzasidan monitoring olib borilishi, natijalari yuzasidan har oy yakuni bilan viloyat hokimiga ma’lumot taqdim etishi belgilansin.

6. Mazkur farmoyish bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari A.Ortiqov zimmasiga yuklatilsin.

 

Viloyat hokimi                                                   X. Bozarov                  

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech