Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan tuman hokimligida Davlat soliq qo‘mitasining targ‘ibot guruhi ishtirokida Prezidentimizning 2019 yil 27 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Nanay — Namangan viloyatining shimoliy qismida joylashgan bahavo qishloq. Togʻlar etagidagi bu maskan oʻzining ajoyib tabiati, betakror manzaralari bilan sayyohlarni oʻziga tortib kelgan. Shundan kelib chiqib, bu yerda zamonaviy turistik majmua barpo etish boʻyicha amaliy ishlar boshlab yuborildi. Namangan viloyati hokimligida mazkur sayyohlik zonasi loyihasini tayyorlashga jalb etilgan Turkiyaning “Idealist” meʼmorchilik va muhandislik kompaniyasi tomonidan taqdimot oʻtkazildi.

Joriy yilning 12 iyul kuni Namangan viloyat adliya boshqarmasi katta majlislar zalida “YUKSALISH” umummilliy harakati, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha “ARGO” tashkiloti bilan hamkorlikda “Innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlik” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

Konsepsiyaga muvofiq Pop va Mingbuloq tumanlarida qiymati 20 million dollarga teng 8140 gektar maydon o‘zlashtiriladi. Mablag‘ning 15 million dollarga teng qismi xalqaro moliya institutlari, 5 million dollarga teng qismi tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Byuroning Kosonsoy tuman bo‘limi ish yurituvida Yangiqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 26 dekabrdagi sud buyrug‘iga ko‘ra Namangan viloyat “Qishloqichimliksuv” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan “Barokat himmat fayzi” xususiy korxonasi foydasiga 1 milliard 211 million so‘m undirish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi  PQ-3680-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 fevraldagi 46-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Pensiya jamg‘armasi tomonidan Namangan shahri va tumanlarda doimiy ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazib kelinmoqda. Natijada joriy yilning 6 oyi mobaynida viloyat bo‘yicha jami 1 762 nafar fuqarolar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga 515 mln.so‘m (shundan, 7 nafar chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslardan 29,3 mln.so‘m, 176 nafar yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan 64,4 mln.so‘m, 111 nafar shaxsiy yordamchi, dehqon xo‘jaliklarida qoramol o‘stirish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar tomonidan 140 mln.so‘m, 1 468 nafar dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa erida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan fuqarolar tomonidan 281,3 mln.so‘m) miqdorida ixtiyoriy tushumlar amalga oshirildi.    

 O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Parijda Namangan viloyatidagi yirik tekstil korxonalarining taqdimoti o‘tkazildi.

 

Arxiv

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech